23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Harbiy
19 Aprel  2020 3379

Ta’lim ixtisoslashuvi kengayadi

Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul qilish tartibi belgilandi

2020-yil 17-aprelda Hukumatning 237-sonli «Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning chuqur ta’lim olishini ta’minlash ixtisoslashtirilgan sinflarning maqsadi hisoblanadi.

Bu sinflarga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirilgan fanlardan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi. 

Nomzodlardan tegishli hujjatlar 1-20 iyul kunlari qabul qilinadi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari 21 iyul – 5 avgust, tegishli fanlar bo‘yicha test sinovlari 15-25 avgust kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari yakunlari bo‘yicha 100 ballik tizimda 70 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar test sinovlariga qo‘yiladi.

Maktablarning ixtisoslashtirilgan sinflarida o‘qish muddati 5 yildan (7-11 sinflar) iborat bo‘ladi.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan sinflarga 6-sinfni bitirgan 30 nafar o‘quvchi qabul qilinadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek xabarda eslatiladiki, Prezidentning 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3392-son qaroriga ko‘ra, respublikamizda 56 ta maktabda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyat yuritmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech