29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Transport
29 Iyun  2020 584

Talabalar Vataniga qaytarildi

Moskva shahridan charter reys orqali Rossiya oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan talaba yoshlarimiz Toshkentga olib kelindi.

Bular orasida N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti, Moskva Davlat poʻlat va qotishmalar instituti, Rossiya transport universiteti, Sankt-Peterburg davlat aloqa yoʻllari universiteti, Omsk davlat aloqa yoʻllari universiteti va Moskva arxitektura institutida tahsil olayotgan Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining 220 nafar talabasi (bakalavr, magistr, aspirant) bor.

Barcha talabalar Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining yotoqxonasida karantinga joylashtirildi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar, shu jumladan, kuniga uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlash ishlari tashkil etildi. Onlayn-taʼlimni davom ettiradigan talabalar yuqori tezlikdagi Internetga ulanish uchun sharoit yaratildi.

14 kunlik karantin davri tugaganidan soʻng barcha talabalar oʻz uylariga yuboriladi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talaba oʻz Vataniga qaytarilishi rejalashtiryapti, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech