19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Kеyingi avlod
10 Fevral  2019 1302

Talabadan 600 ming so‘m olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-bosqich talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabalarni imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln. so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan

Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech