26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Xavfsizlik
6 Aprel  2020 685

Tajriba almashish samaralari

Toshkent shahar IIBBda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha Xitoy politsiyasining tajribasi muhokama qilindi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyatining tashabbusi bilan huquqni muhofaza qilish idorasi boshlig‘ining Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili janob Lyu Tunpin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida XXR JXV delegatsiyasi vakillari kasallikning tarqalishiga qarshi tashkil etilgan tadbirlarga jalb qilingan Jamoat xavfsizligi vazirligi, idoralar va jamoat tashkilotlarining harakatlar rejasini bayon qilib berishdi. Unga ko‘ra O‘zni yakkalash tartibi joriy qilinib, Uxan shahri aholisiga har bir xonadondan faqat bir kishi uch kunda bir marta ko‘chaga oziq-ovqat va dorilar uchun chiqishiga ruxsat berilgan, buning uchun maxsus yo‘llanma ham joriy qilingan.

Yurtimiz hukumatining koronavirus infeksiyasi bilan kurashda ko‘rilgan choralariga Xitoy tomon ijobiy baho berdi. Xususan, jamoat transporti faoliyatining to‘xtatilishi, epidemiologiya holatiga aloqador odamlar va avtotransport harakatini taqiqlash, shahardagi holat va zararlanganlar soni haqida aholiga muntazam ma’lumot berish, shuningdek aholining ijtimoiy zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash va OAV bilan o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yilishi shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, XXR delegatsiyasi vakillari tomonidan pandemiyaga qarshi kurash tajribasidan kelib chiqqan holda choralar samarasini oshirishga va koronavirus pandemiyasini to‘xtatishga qaratilgan bir qator tavsiyalar berildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech