19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Sport
17 Fevral  2019 1230

Taekvondochilarimiz Turkiyadan umumiy hisobda 12 ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi

Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WTF bo‘yicha «Turkish Open» reyting turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqa sportchilarimiz uchun har qachongidanda omadliroq keldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimiz umumiy hisobda 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Quyidagi sportchilarimiz musobaqada sovrindor bo‘lishdi:

Oltin medal:

-74 kg: Nikita Rafalovich
-87 kg: Davron Azimov
-49 kg: Madina Mannopova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
-48 kg: Amirbek To‘rayev – (o‘smirlar o‘rtasida)

Kumush medal:

-54 kg: Bahrom Abdullayev

Bronza medali:

-54 kg: Valentin Xegay
-57 kg: Zariya Kasimova
-80 kg: Shuhrat Salayev.

Avvalroq, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) Antaliyadagi «President’s Cup European region» reyting turnirida shohsupaga ko‘tarilgandilar. Demak, sportchilarimiz ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko‘ra 12 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo‘lishdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech