20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Mamlakatimizda
26 Fevral  2019 1443

Tadbirkorlar tegishli litsenziyasiz ham meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ega bo‘ldi

Hukumat qarori (163-son, 23.02.2018-y.) bilan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq, tadbirkorlar ulgurji savdo litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ega hamda ularning tushumlariga yagona soliq to‘lovi qo‘llaniladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Eksport dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda kontraktni sug‘urta polisisiz amalga oshirilishi mumkin.

Eksport qiluvchilar meva-sabzavotlarni keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila a’zolariga ajratilgan yerlarda yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qo‘llaniladi.

Mahsulotlarni transportda tashishda tabiiy yo‘qolish kuzatilganida bu haqda tadbirkorlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma'lumot kiritadi.

Tabiiy yo‘qolishlar bo‘lganida yo‘qolish summasi debitor qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi.

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontrakti bo‘yicha debitorlik qarzi mavjud tadbirkorlar avtomatik ravishda nohalol eksportchilar reestriga kiritiladi.

Nohalol eksportchilar keyingi eksportini faqat 100 foizli oldindan to‘lov sharti bilan amalga oshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech