08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Mamlakatimizda
11 Sentyabr  2019 593

Tadbirkor iste'molchini aldamoqchi bo‘ldi

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir shaharchasida yashovchi M.Urazmetova Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga tadbirkordan pullarini qaytarib ololmayotganligi bo‘yicha murojaat qilgan.

Murojaatga asosan tumanda joylashgan “Nurmuhammad to‘yli” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi Sh.Ruzmetovga o‘z xonadoni uchun 7 million so‘m evaziga 3 ta MDF eshiklari buyurtma qilib,  oldindan to‘lov tariqasida 3,5 million so‘m pul berib o‘zaro kelishib olgan.Oradan ma'lum vaqt o‘tgach eshiklar tayyor bo‘lib, iste'molchining xonadoniga urnatish uchun olib borilganida eshiklar uy egasi buyurtma qilganidek emasligi ma'lum bo‘lgan. Fuqaro xususiy tadbirkor Sh.Ruzmetovdan pullarini qaytarishni so‘ragan, ammo pullarini olmolmagach Federatsiyadan amaliy yordam so‘ragan. Iste'molchining murojaati qonun doirasida ko‘rib chiqilish maqsadida “Nurmuhammad to‘yli” xususiy korxonasiga  borib, o‘rganish o‘tkazildi va korxona ish boshqaruvchisi Sh.Ruzmetovga “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish qonuni”ning tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirilgan va iste'molchiga tegishli bo‘lgan 3,5 million so‘m pul mablag‘i qaytarilishiga erishilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech