07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Agrosеktor
30 Mart  2020 969

Suv yo‘llarining vaqtida tozalangani foyda beryapti

Ayni bahor pallasida qashqadaryolik miroblar tomonidan g‘alla va tut ko‘chatlarini sug‘orish, g‘o‘za ekiladigan maydonlarga nam suvi olish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan, Kasbi tumanining “Paxtakor” hududidagi “Indorama Agro” MChJga ajratilgan yer maydonlarining sug‘oriladigan qismi 745 gektarni tashkil etadi. Shundan 587 gektariga g‘alla ekilgan. Uning yarmidan ko‘pi shu kecha kunduzda sug‘orib bo‘lindi. Shuningdek, g‘o‘za ekiladigan maydonlarga ham nam suvi berildi.

- Hududimizdagi ekin maydonlari Mirishkor kanali orqali sug‘oriladi, - deydi bosh mirob Salom Boboev. - Kuzgi-qishki davrda barcha suv yo‘llarini mexanizmlar yordamida tozalaganimiz hozir foyda beryapti. 57 nafar suvchi o‘z yumushini qiynalmay bajarmoqda, deya xabar beradi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (ITHB) matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech