20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Agrosеktor
13 Iyul  2020 1167

Suv kodeksi ishlab chiqiladi

2020-yil 10-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6024-sonli Farmoni “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” qabul qilindi.

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Farmonga koʻra, 2030-yilga qadar quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutilgan:

- sugʻorish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;

- suv taʼminoti past darajada boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;

- shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;

- Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmolini 25 foizga kamaytirish;

- barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv oʻlchash va nazorat qilish qurilmalari oʻrnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

- 100 ta yirik suv xoʻjaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;

- qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sugʻorish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;

- suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.

Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning toʻliq va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash maqsadida Suv xoʻjaligi tizimida masʼul boshqarma tashkil etiladi.

Klasterlarga oʻz balansidagi qishloq xoʻjaligi ekin yerlarida joylashgan suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish yoʻnalishidagi Suv xoʻjaligi vazirligining funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻtkazish toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Farmon bilan konsepsiyada belgilangan vazifalarni 2020-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si tasdiqlandi.

Unga muvofiq, suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni isteʼmol qilish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksi ishlab chiqiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech