11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,3 °C

Transport
11 Iyul  2020 463

Suv havzalari ustiga koʻprik qurishda yangicha yondashuv

Maʼlumki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Pop – Namangan – Andijon” temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish” loyihasi amalga oshirish ishlar davom etyapti.

Ayni paytda 100 kilometrlik “Namangan – Andijon” yoʻnalishida elektrlashtirish ishlarining qariyb 70 foizidan ortigʻi bajarib boʻlindi.

Mazkur loyiha doirasida bunyod etilayotgan sunʼiy inshootlar qatorida avval qilinmagan noyob usullar qoʻllanilmoqda. Taʼkidlash lozimki, temiryoʻlchilarga Fargʻona vodiysida barpo etilgan yirik sugʻorish inshooti – Katta Andijon kanali ustidan poʻlat izlarni yotqizish vazifasi qoʻyilgan edi. Gap shundaki, qurilayotgan koʻprikning asosiy ustunlari oldin kanaldagi suv oqimini toʻxtatgan holda oʻrnatilgan edi. Hozirda esa, ayni dehqonlarimiz tomonidan ekinlarni sugʻorish ishlari olib borilayotganligi bois, qurilish ishlari kanal suvini (oqimini) toʻxtatmasdan amalga oshirilishi lozim. Shunga qaramasdan ish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu jarayon bizning quruvchi mutaxassislarimiz tomonidan ilk bor oʻtkazildi.

Ushbu noyob qurilishni amalga oshirish uchun “Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari alohida loyihani ishlab chiqishdi va “Andijon mexanika zavodi” shuba korxonasi tomonidan koʻprik uchun maxsus metal-konstruksiyalar tayyorlandi. Bugungi kunga kelib “Koʻprikqurilish Tresti” UK quruvchilari tomonidan temir-beton oraliq balkalari oʻrnatildi va qurilish-montaj ishlari yakunlandi, hozirda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha amalga oshishi bilan “Namangan – Andijon” yoʻnalishining elektrlashtirilishi natijasida Oltin vodiy boʻylab 331 kilometr uzunlikdagi halqa yoʻlida elektropoyezdlar toʻliq harakatlanishiga erishiladi va mahalliy aholining hududlararo harakati yengillashishiga erishiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech