22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Xavfsizlik
1 May  2020 4707

Suv aholi yashash punktiga kirib bordi

Sardoba suv omboridan chiqqan suv aholi yashash punktiga kirib borgan.

Avval xabar berilganidek, 1 may soat 05:55da Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma'lum bo‘ldi. Sardoba tumani «Qo‘rg‘ontepa» MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari, jumladan, «Qo‘rg‘ontepa», «Do‘stlik», «Yurtdosh» MFYlardan jami 11 598 nafar aholi Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi.
Bundan tashqari, suv bosish xavfi bo‘lgan «Quytosh», «Ota yurt», «Birlik» MFYlaridan aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Voqyea joyida respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiryaptilar.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 nafar shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan nafar 120 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MVBRQMdan nafar 60 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MGdan nafar 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma'lumot kelib tushmagan, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech