18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Mamlakatimizda
3 Aprel  2019 855

Surxondaryoda bo‘lgan sayyor qabulda 1-guruh nogironiga uy ajratiladigan bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari A.Usmonov tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 9-bolalar musiqa va san'at maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Xalqimizda yuz kunlik ibodatdan bir kunlik adolat afzal, degan hikmat bor. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan xalq ichiga kirib borish, ularning dardu tashvishlarini tinglash o‘tgan vaqt davomida naqadar dono, xalqning manfaatini, yurtning kelajagini ko‘zlab yuritilgan siyosat ekanligi o‘z isbotini topdi.

Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan musiqa maktabida Termiz, Angor, Muzrabot tumanlari hamda Termiz shahridan kelgan fuqarolar ularni qiynayotgan muammolarni Prezident maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov bayon qildi.

Salkam olti soat davom etgan sayyor qabulda viloyat va tumanlardagi barcha sektor rahbarlari tumanlar va shahar hokimligi vakillari, boshqarmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkiloti vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Qabul davomida 218 nafar fuqarodan 281 ta murojaat kelib tushdi. Eng muhimi, bu murojaatlarning 41,3 foizi shu yerning o‘zida hal etildi. Masalan, Angor tumanidagi “Navbahor” mahallasi 78-uyda yashovchi 1-guruh nogironi Muborak Qobilovaga nogironligi bo‘lgan shaxslarga qurilayotgan uy-joylardan  uy ajratish belgilandi.

Muzrabot tumanidan kelgan fuqarolar Xo‘jamqul Xudoyorov, Yo‘ldosh Bozorov, Sodiq Jumaevlar shaxsiy tomorqalariga suv kelmasligi muammosini aytishgandi. Bu masala tegishli tashkilotga topshirilib, zudlik bilan hal etish ta'kidlandi. Ular ham uylariga sayyor qabuldan katta qoniqish hissi bilan qaytishdi. Qabulga kelgan bunday fuqarolarni ko‘plab ko‘rish mumkin.

Sayyor qabul so‘ngida  barcha murojaatlar qat'iy nazoratga olinib, tegishli tashkilot rahbarlariga adolatli ko‘rib chiqish uchun 10 kun muhlat berildi. Bir so‘z bilan aytganda, bunday sayyor qabullar xalqning Prezidentimizga, hukumatimizga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, xalq farovonligi, yurt obodligini ta'minlashda dasturilamal bo‘lib xizmat qilishini murojaatlar yechimidan ham ko‘rish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech