15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Sport
26 Fevral  2019 1402

Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlandi

Kecha poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Avvalroq, Superliganing 2019-yilgi mavsumida 14ta klub ishtirok etshishi xabar qilingandi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Litsenziyalash qo‘mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo‘llanmasini taqdim etgan, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati. 

 

Qur’aga ko‘ra Superliganing birinchi turida quyidagi juftliklar o‘zaro bahs olib boradigan bo‘lishdi:

1-tur
“Surxon” – “Metallurg”

“Dinamo” – “Nasaf”

“So‘g‘diyona” – “Bunyodkor”

“Paxtakor” – “Lokomotiv”

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912”

“Andijon” – “Qizilqum”

AGMK – “Buxoro”
Eslatib o‘tamiz, 1-tur uchrashuvlar 8-mart kuni boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech