21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,2 °C

Ijtimoiy hayot
10 Yanvar  2019 1111

Sudlarga boj to‘lash bo‘yicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi

Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlarning bir qanchasi bekor qilindi.

Xususan, quyidagilar endilikda sudlarga murojaat qilganida davlat boji to‘laydi:

fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda:

  • da’vogarlar – mualliflik huquqlari va turdosh huquqlardan, shuningdek, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomiga, seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqdan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan;
  • nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi mol-mulkni bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar bo‘yicha apellyasiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar.

iqtisodiy sudlarda:

  • qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar – tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha;
  • xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari – majburiy badallarni to‘lash va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
  • xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari – shartnomalar uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha.

Shuningdek, Qonun bilan ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladigan toifalar tasdiqlandi. Jumladan, adliya organlari tomonidan davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beradigan arizalari yuzasidan davlat boji undirilmaydi.

Bundan tashqari, davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan bo‘lsa, shu shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi belgilandi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech