20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Urbanizatsiya
28 Dekabr  2018 2220

Metro qurilishi reja bo‘yicha ketmoqda

Metropolitenning Sergeli tumanidagi yer usti liniyasini 2020-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Ishlar jadvalga muvofiq va barcha qurilish me’yorlari va texnik talablarga mos holda olib borilmoqda, deya xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining bu liniyasi umumiy uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. Asosiy loyiha «Boshtransloyiha» AJ tomonidan ishlab chiqilgan. Liniyada 6 bekat bo‘ladi. Yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun lift va eskalatorlar ham o‘rnatiladi. Buning g‘aroyibligi shundaki, metro liniyasi yer ustida bo‘ladi va unda vagonlar estakada bo‘ylab harakatlanadi. Bu nafaqat yurtimiz uchun, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham yangilikdir.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech