06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Xavfsizlik
4 Iyun  2020 1850

Namangan viloyatidagi qoʻrqinchli YTH

Yuk avtomashina haydovchisi tormoz tizimi ishlamay qolishi natijasida boshqaruvni yoʻqotgan. Natijada boshqa ikkita yuk avtomashinasiga urilib, yongʻin yuzaga kelgan. Uch kishi qurbon boʻlgan.

2020-yil 4-iyun soat 05:00 da Namangan viloyati Pop tumani “Koʻshminor” MFY hududidan oʻtuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yoʻlining 227 kilometrida 63 yoshli haydovchi oʻz boshqaruvida boʻlgan “Sams” rusumli yuk avtomashinani boshqarib ketayotganida, tormoz tizimi ishlamay qolishi natijasida harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan, shu yoʻnalish boʻyicha yoʻlning chetida toʻxtab turgan bir yoʻla ikkita “Isuzu” yuk avtomashinaga borib urilgan. YTH oqibatida “Sams” yuk avtomashinaning kabina qismida yongʻin yuzaga kelgan.

Natijada “Sams” yuk mashina haydovchisi va “Isuzu” yuk avtomashinadan birining haydovchisi hodisa joyida vafot etganlar, ikkinchi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinaning haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Ikkala “Isuzu” yuk avtomashinalari haydovchilari ham 26 yoshda boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Transport vositalaringizda uzoq safarga yoʻlga chiqishdan oldin transport vositangizning texnik holatini tekshirib, transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarib, amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari”ga qatʼiy rioya qilishingizni soʻraymiz, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech