21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,3 °C

Xavfsizlik
10 Sentyabr  2019 687

Angrenda katta YTH: 2 kishi vafot etib, 4 kishi tan jarohati olgan

Bugun, 10-sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘li 173 km.ning “Obliq” temir yo‘l stansiyasidan “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temir yo‘l kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poezdining to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli yuk mashinasi yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning  8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan “Damas” rusumli avtomobilni bosib qolgan.

“Damas”da bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqyea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan, voqyea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutassaddi xodimlari, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari yetib borib vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech