04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Raqamlashtirish
9 Mart  2020 4237

Endi shaxsni hamda fuqarolikni ID-karta tasdiqlaydi

2020-yil 6-martda Hukumatning 129-sonli «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1 yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston fuqarosiga, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, O‘zbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi (198 ming 470 so‘m).

O‘zbekiston fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish:

- 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida;

- 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi, deb habar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech