13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Transport
15 Iyul  2020 665

Stikerlar: ularni almashtirish kerakmi?

Rasmiy sahifalarimiz, ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy guruhlar hamda keng jamoatchilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan stikerlar mashina sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda almashtirib beriladimi, degan savollar koʻpaymoqda.

Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020-yil 1-avgustga qadar mamlakatimizda avtotransport harakati cheklandi.

Biroq, mashinalar harakatlanishi uchun DXMlar tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qoʻllanilishi belgilandi.

Odatda, Markazlarimiz orqali koʻrsatiladigan har bir xizmat aniq reglament asosida amalga oshiriladi.

Stikerlar berish xizmati esa Maxsus komissiyasining 2020-yil 30-martdagi 13-son yigʻilish Bayoni bilan tasdiqlangan tegishli vaqtinchalik tartibga asosan amalga oshirilgan.

Mazkur tartibda maxsus ruxsatnoma berilgan mashinalar oʻzgarishi munosabati bilan ularni qayta rasmiylashtirish nazarda tutilmagan.

Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyaning 2020-yil 8-apreldagi 17-son yigʻilish Bayoniga asosan maxsus komissiyaning 2020-yil 30-martdagi 13-son yigʻilish Bayoni oʻz kuchini yoʻqotgan.

Davlat xizmatlari markazlari orqali avtotransport vositalariga stikerlar berish 2020-yil 9-apreldan toʻxtatilgan.

Maʼlumot uchun, har bir stiker gologrammalar bilan birgalikda my.gov.uz portali orqali alohida unikal raqam bilan rasmiylashtirilgan. Unga kiritilgan maʼlumotlarga hozirda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan oʻzgartirish kiritishning texnik imkoniyati mavjud emas.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech