02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Xavfsizlik
26 Fevral  2020 1805

Gaz quyish shahobchasidagi portlash tafsilotlari

Avval xabar qilganimizdek, 2020-yilning 25-fevral kuni Xo‘jaobod tumanida avtomobillarga gaz quyish shahobchasida «Nexia» rusumli avtomashinasida portlash yuz bergan.

Portlash natijasida shahobcha ishchisi jarohatlangan bo‘lib unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, boshqa hyech kim jarohatlanmagan. Shuningdek, portlashda 6 ta avtomashina turli darajada shikastlangan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, gaz quyayotgan ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan 100 litr hajmdagi 2012-yilda ishlab chiqarilgan gaz balonda portlash yuzaga kelgan. Shuningdek, gaz uskunasi avtomashinaga 2018-yilda o‘rnatilgan, qolaversa uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech