20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Xavfsizlik
19 Avgust  2019 593

Novosibirsk oblastida YTH qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor

Novosibirsk oblastining Karasuksk rayonida mikroavtobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘lgan va to‘qqiz kishi jarohat olgan. Bu haqda TASS Karasuk tumani Yagona navbatchilik-dispetcherlik xizmati (YaNDX)ga asoslanib xabar qildi.

O‘lgan fuqaroning Armanistonlik ekani aytilmoqda. Jarohat olgan to‘qqiz kishi orasida jumladan, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Novosibirsk oblasti IIV BB matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni Novosibirskdan Karasukskka yo‘l olgan mikroavtobus haydovchisi uni boshqara olmay qolishi natijasida transport vositasi yo‘l chetidagi ariqqa tushib, dumalab ketgan. Hodisa K17R trassasining 474-kilometrida sodir bo‘lgan. Natijada haydovchi va sakkiz yo‘lovchi jarohatlandi, bir yo‘lovchi tez yordam mashinasida vafot etdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech