02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Sport
29 Dekabr  2018 2330

“Sport” telekanali Osiyo Kubogi o‘yinlarini to‘liq namoyish qiladi

2019-yilning 5-yanvaridan 1-fevraliga qadar Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasining uchrashuvlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali orqali namoyish etib boriladi. Bu haqida O‘FA Matbuot xizmatiga “Sport” telekanali direktori Zohid Karimov ma’lum qilgan. 

Ayni paytda mazkur musobaqani to‘liq ravishda muxlislar e’tiboriga havola qilish uchun katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Yurtimizdagi muxlislar “Osiyo Kubogi – 2019” musobaqasidan o‘rin olgan barcha 51 ta uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan parallel ravishda kechadigan o‘yinlar esa Milliy teleradiokompaniya tarkibiga kiruvchi “UzHD” yoki “Mahalla” telekanali orqali namoyish qilinadi.

 Muxlislarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, jonli efirda namoyish qilingan uchrashuvlar ertasi kuni soat 08:00 dan boshlab yana takroran namoyish qilinadi. Bundan tashqari, har kuni "Osiyo Kubogi kundaligi", "Sport" telekanali studiyasida Osiyo Kubogi musobaqasiga bag‘ishlangan dasturlar berib boriladi. Xullas, O‘zbekistondagi muxlislarni Osiyo Kubogi musobaqasi muhitiga olib kirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz", ­– deydi Zohid Karimov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech