20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Sport
21 Noyabr  2019 2156

Sport maktablari ayrim xodimlarining maoshi oshadi

“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (19.11.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq 2019 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2020 yil 1 yanvardan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi sport maktablarining direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlarining bazaviy tarif stavkalari o‘rtacha 1,35 baravarga oshiriladi.

Qaror bilan  Trenerlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma beriladi.

Ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun to‘lov kunidagi BHMning bir barobari hisobida (223 000 so‘m) to‘lov undiriladi.

Quyidagi shaxslarga attestatsiyadan o‘tmasdan va to‘lovni undirmagan holda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi:

-  “Xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” va “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, “Xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston iftixori”, “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganlar;

- olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari hamda ularning trenerlari.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech