14 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,3 °C

Sanoat
14 Iyul  2020 720

“Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etildi

2020-yil 11-iyulda Hukumatning 438-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Moʻynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etildi.

“Orol artemiya sanoat” DUKning asosiy vazifalaridan biri artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi “Orol artemiya sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi.

Shuningdek, qaror bilan “Orol artemiya sanoat” DUKning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 11 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, artemiya sistalari noyob jonzot hisoblanib, ulardan olingan mahsulotlar asosan akvamadaniyat sanoatida, agrosanoat kompleksida, farmatsevtika, meditsina va kosmetologiyada keng qoʻllaniladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech