23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Xavfsizlik
16 Iyul  2020 778

Soxta pulga aroq xarid qilmoqchi boʻldilar

8-iyul kuni soat kechki payt Dangʻara shaharchasida spirtli ichimliklar savdo doʻkoniga 20-23 yoshli uch kishi kirib kelib, doʻkon sotuvchisiga 1 dona 100 AQSH dollari kupyurasini berib, mazkur kupyura evaziga 200 000 soʻmlik alkogol mahsulot sotib olishini, qolgan qismini soʻmda qaytarib berishini aytgan.

Hushyor doʻkon sotuvchisi 100 AQSH dollari kupyurani soxta ekanligiga shubha qilib, bu haqda tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida doʻkon sotuvchisidan 1 dona 100 AQSH dollari kupyurasi tekshirib koʻrish uchun ashyoviy dalil sifatida olingan. Ekspertiza xulosasiga koʻra, 100 AQSH dollari kupyurasi qalbaki ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish). Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech