25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Xavfsizlik
9 Yanvar  2019 1209

Soxta ichki ishlar xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib, pul evaziga ichki ishlar organlariga ishga joylashtirishni va’da qilayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent shahar, Sergeli tumanida yashovchi 29 yoshli Umida X. unga ichki ishlar organlariga ishga joylashtirishni va’da qilib, evaziga 2 000 AQSh dollari so‘rayotgan “Yusup” ismli shaxsga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati.

Mazkur holat bo‘yicha IIV O‘XB Toshkent shahar bo‘limi va poytaxt IIBB xodimlaridan tashkil topgan tezkor-tergov guruhi surishtiruv ishlarini o‘tkazgan. Natijada Umidadan pora talab qilgan shaxs – 26 yoshli Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan, fuqaroligi bo‘lmagan va Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi Yusupjan R. ekanligi aniqlandi. Shuningdek, IIBB xodimlarining aniqlashlaricha, Yusupjan R. ilgari ham sudlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Olib borilgan tadbirlar natijasida Yusupjan R. IIBB xodimlari tomonidan o‘z avtomobilida kelishilgan mablag‘ning bir qismi sifatida 1 300 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.   

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech