11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,7 °C

Xalqaro hamkorlik
6 Mart  2020 2456

Milliy palata va BMT strukturalari kelishdilar

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi raisi Rovshan Izomov YuNISeF va YuNFPAning mamlakatimizdagi vakolatxonalari  vakillari bilan  muzokara olib bordi.

Muzokara davomida YuNISeF bilan hamkorlikda O‘zbekistonda vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan sovutgich omborlari qurilishi loyihasi nihoyasiga  yetkazilayotganligi, ularning harorati, vaksinalarni saqlash rejimining talab darajasida bo‘lishi vaksinalarning samarali ta'sir ko‘rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlandi. Zero, gap bolalarni emlash haqida ketmoqda.

Shuningdek Milliy palata va uning joylardagi 14 ta bo‘linmalari YuNISeF ga loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanliklari ta’kidladi.

Muzokara davomida shuningdek BMT strukturalari tomonidan amalga oshirilayotgan,  jumladan minglab ayollar salomatligini saqlashga yordam beradigan skrining, bachadon bo‘yini rakini dastlabki bosqichda aniqlashga qaratilgan bir qator loyihalar va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.

Milliy palata O‘zbekiston xalqini yanada sog‘lom bo‘lishi va shu bilan bir qatorda gullab yashnashiga xizmat qiladigan bunday loyihalarni tadbiq etishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘zaro hamkorlikni davom ettirish, loyihalarni amalga tadbiq etishda xalqaro darajadagi ekspertlarni jalb etgan holda aniq  strategiya va  qadamlarni ishlab chiqish xususida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech