09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Xalqaro hamkorlik
13 Fevral  2020 972

Toshkent halqaro investitsiya forumida Hindistonning yirik kompaniyalari ishtirok etadi

Bugun Jahongir Ortiqxojaev Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Santosh Dja boshchiligidagi hind delegatsiya bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqot davomida Toshkent hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga bo‘lib o‘tgan oxirgi tashrifi davomida 1 milliard dollardan ortiq qiymatga ega investitsiya kelishuvlariga erishilganini, hozirda Toshkentda Hindiston bilan hamkorlikdagi 154 ta korxonalar faoliyat yuritayotganini ta‘kidladi. Bundan tashqari umumiy qiymati 650 million dollardan ortiq bo‘lgan qator loyihalar amalga oshirilishi jarayonida. Jahongir Ortiqxojaev o‘tgan haftada hind kompaniyalari uchun yer ajratilganini, u maydonda shifoxona, universitet, akvapark va boshqa qator ob‘ektlar qurilishi ko‘zda tutilganini, loyihaning umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiqligini ma‘lum qildi. Poytaxt hokimligi gumanitar, sport, madaniyat, shaharsozlik va shu kabi qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirish ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, u IT-parklar, ta‘lim va tibbiyot muassasalari, turistik va boshqa turdagi ob‘ektlarning qurilishiga investitsiyalarni jalb qilishda elchi Santosh Djaning ko‘magi muhimligini ta‘kidlab, ko‘p tomonlama samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini ta‘kidladi.

O‘z navbatida, Hindistonning favqulodda va muxtr elchisi Santosh Dja o‘zining O‘zbekistondagi faoliyati davomida poytaxtimizda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni kuzatayotganligini va bu shaharliklar hamda mehmonlarni mamnun qilayotganligini ma'lum qildi. Ikki davlatning o‘zaro aloqalari haqida gapirar ekan, 2015-yildan beri oliy darajada tashriflar almashinuvi bo‘lib o‘tayotganini ta'kidladi. Janob Dja Hindiston bosh vazirining 2020-yilda rejalashtirilayotgan navbatdagi tashrifi haqida gapirar ekan, ushbu tashrif hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilganligini ta'kidladi. Shuningdek, joriy yilning 5-6 mart kunlari o‘tkaziladigan Toshkent halqaro investitsiya forumida Hindistonning Gudjarat va Xaryana shtatlarining yirik kompaniyalari ishtirok etishini, ularga Sanoat korxonalari federatsiyasi va Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi boshchilik qilishini aytib o‘tdi. Elchi mazkur shtatlar AKT, tibbiyot, avtomobilsozlik va boshqa ko‘plab sohalarda yetakchi ekanligini ta‘kidladi.

Shuningdek, u 1 million dollargacha bo‘lgan grantlarga e‘tibor qaratishni so‘rab, ular AKT, chet tillari, ilm-fan, tibbiyot sohalarini o‘rganish va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Santosh Dja O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish borasidagi taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovni takomillashtirish, xususan, Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tashkil qilish, hind restoranlarini ochish va boshqa takliflarni bildirdi.

Uchrashuv yakunidahamkorlikka oid muloqotni muntazam davom ettirishga kelishib oldilarб, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech