05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,8 °C

Xavfsizlik
13 Fevral  2020 2164

Poezd urib ketgan qizning ahvoli o‘ta og‘ir

 Elektron ommaviy axborot vositalari va turli ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 11-fevralida Andijon viloyatining Izboskan tumanida yosh qizni yuk poezdi urib ketgani va uning ahvoli o‘ta og‘ir ekani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi.

Ma’lumki, 11-fevral kuni ertalab Andijon viloyatining Izboskan tumanida «Poytug-Kuyganyor» stansiyalari orasida 2003-yilda tug‘ilgan N. Turg‘unovani yuk poezdi urib ketgan va u shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni damda tergov organlari hodisa holatlarini tekshirmoqda, deya xabar beradi «O‘zbekiston  temir yo‘llari» AJ media markazi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech