03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xalqaro hamkorlik
1 Iyul  2020 178

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashining 86-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashining 86-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir ilk marotaba masofaviy videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtdi. Yigʻilish kun tartibidan MDHga aʼzo davlatlar iqtisodiy hamkorligining turli sohalarini qamrab olgan masalalar oʻrin oldi.

Hamdoʻstlik mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari MDHga aʼzo davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni minimallashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

MDH Iqtisodiy kengashi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi organlarining faoliyatini 2020-yilda moliyaviy taʼminlash toʻgʻrisidagi qaror, 2020-2025-yillarda xalqaro transport qatnovini amalga oshirishda MDHga aʼzo davlatlar hududida transport xavfsizligini taʼminlash strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va koʻrib chiqish uchun Hukumat rahbarlari kengashiga taqdim etildi. Shuningdek, 2020-2024-yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning saratonga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi ham tasdiqlandi.

COVID-19 pandemiyasini hisobga olgan holda, MDHning 2030-yilgacha Iqtisodiy rivojlanish strategiyasining birinchi bosqichini (2021-2025) amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasini tayyorlash zarurati, 2019-yilda MDH davlatlararo innovatsion hamkorlik dasturining 2020-yilgacha bajarilishi va 2017-2020-yillarga moʻljallangan Tadbirlar majmuini 2020-yilga qadar boʻlgan davrda amalga oshirish, Hamdoʻstlik Iqtisodiy Kengashining qarorlari bajarilishi boʻyicha qator masalalar ham qatnashchilar tomonidan muhokama qilindi. Shu bilan birga, ishbilarmonlik muhiti, sarmoyadorlar uchun imtiyozlar, erkin iqtisodiy zonalar, MDHga aʼzo davlatlar sanoat va ilmiy-texnik parklari mavzulariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Uchrashuvda tashkiliy masalalar, xususan, navbatdagi MDH iqtisodiy kengashining 87-yigʻilishini 2020-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida oʻtkazish masalasi ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashi doirasida iqtisodiy hamkorlikni davom ettirishga qaror qilishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech