22 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Mamlakatimizda
4 Aprel  2019 456

Soliq organlarining matbuot xizmatlari oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalari

Soliq organlarining matbuot xizmatlari oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalar, huquqbuzarliklarni oldini olishdagi ularning roli, tizimdagi yangiliklarning yoritilishi va fuqarolarda soliq madaniyatini oshirishning bugungi ahvoli qanday?

 

Aynan shu kabi masalalar Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan viloyat soliq boshqarmalari mas'ul xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-treningda muhokama etildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi  matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musaev matbuot xizmati oldiga qo‘yilayotgan maqsad va vazifalarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Matbuot xizmati xodimlari tomonidan soliq sohasida yuz berayotgan voqyealarni tezkorlik bilan yoritilishi fuqarolar manfaatdorligiga xizmat qilib, ularning murojaatlari bilan doimiy ravishda ish olib borish va soliq to‘lovchilarni tashvishga solayotgan muammolarning hal qilinayotganini aniq misollar asosida ifodalash zarurligi qayd etildi.

Seminar-trening davomida Davlat soliq qo‘mitasi raisi viloyat soliq boshqarmalari va inspeksiyalarining matbuot xizmatlari faoliyatini tahlil qilib, kadrlar malakasini oshirish, zamon talablariga mos yuqori sifatli kontentni tayyorlash uchun moddiy-texnik bazani yangilashga ko‘rsatma berdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech