17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Mamlakatimizda
30 Aprel  2019 928

Qator korxonalarda davlat ulushlari qisqarmoqda

Uchta bank va bir qator korxonalarda davlat aktivlari birja savdolariga qo‘yiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-apreldagi «Fond birjasida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, investorlarga «Aloqabank», «Turonbank» va «Asia Alliance Bank»dagi davlat ulushining 25 foizi, shuningdek, «Kafolat» AJ sug‘urta kompaniyasi aksiyalarining 25 foizi taklif etiladi.

«Qizilqumsement» AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 39,5 foizi va «Kvars» ustav kapitalidagi 74,98 foizi birja savdolariga qo‘yiladi.

Investorlar, shuningdek, «Coca-cola Bottlers Uzbekistan» ustav kapitalida 57 foiz aksiyalarni, yog‘-moy korxonalarida davlat aksiyalarining bir qismini - «Evrosnar» MChJ – 51 foiz, «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJ - 64,9 foiz, «Urganch yog‘-moy» AJ - 60,3 foiz, «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ – 51 foiz, «Farg‘ona yog‘-moy» AJ - 84,5 foiz, «Qarshi yog‘ ekstraksiya» AJ – 51 foiz xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta zavodning 51 dan 71,2 foizgacha aksiyalari, «Farg‘ona azot» AJ (51 foiz) aksiyalari, shuningdek, «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ (51 foiz) va «Dehqonobod soda zavodi» MChJ (51 foizdan ortiq), «Angren IES» AJ (99 foiz) va «Yangi Angren IES» AJ (99,59 foiz) ulushlari sotiladi.

Hukumat shuningdek, sakkizta neft va gaz sanoati, ikkita elektr energiyasi korxonalaridagi davlat ulushlarini sotadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech