26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Salomatlik
6 Fevral  2019 1118

Sog‘liqni saqlash sohasida yangi lavozim joriy etildi

Sog‘liqni saqlash tizimi islohotlariga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan sog‘liqni saqlash sohasiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimi joriy etildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Vazir o‘rinbosari, jumladan, quyidagilar uchun mas'ul hisoblanadi:

  • xalqaro standartlar va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilgan holda sog‘liqni saqlash sohasini kompleks huquqiy tartibga solish;

sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini takomillashtirish;

  • majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish;
  • davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini tatbiq qilish;
  • sohaga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash;
  • “elektron sog‘liqni saqlash” tizimlarini keng joriy etish.

Mazkur lavozimga sog‘liqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassis jalb etiladi hamda u Prezident tomonidan tayinlanadi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining mazkur o‘rinbosari bir vaqtda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari maslahatchisi hisoblanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech