03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Salomatlik
28 Iyun  2020 311

Sogʻayish koʻrsatkichi boʻyicha rekord yangilandi

Bugun poytaxtimizda 202 nafar bemor sogʻayib, jami yurtimizda sogʻayganlar soni 5 240 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya i tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 82 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 50 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 45 nafar, jami 177 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Bundan tashqari, bugun Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar bemor sogʻaygandi. Shu tariqa 202 nafar inson kasallikdan forigʻ boʻldi va sogʻayish koʻrsatkichi boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi. Eslatib oʻtamiz, oxirgi rekord koʻrsatkich 25-iyun kuni qayd etilgan boʻlib, 192 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi.

Ayni paytda Toshkent shahri va viloyatida 3 044 nafar bemor COVID-19ni yengdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5 240 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech