11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,6 °C

Salomatlik
9 Iyul  2020 384

Sogʻayish koʻrsatkichi boʻyicha rekord yana yangilandi, bugun 249 nafar bemor tuzaldi

Bugun poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 22 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 49 nafar, 3-son tugʻruq kompleksida 2 nafar, 1-son Respublika klinik shifoxonasida 84 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, jami 172 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi.

Taʼkidlash joizki, avval xabar berganimizdek, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 77 nafar bemor sogʻaygandi.

Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 249 nafar inson koronavirus infeksiyasidan forigʻ boʻldi va sogʻayish koʻrsatkichi boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi rekord koʻrsatkich joriy yilning 3-iyul kuni qayd etilgan boʻlib, 217 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 7 060 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech