09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Salomatlik
25 May  2020 423

Sogʻayganlar soni 2 600dan oshdi

Qoraqalpogʻiston va Samarqandda 21 nafar, Toshkentda 21 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar 2 600 nafardan oshdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar bemor butunlay sogʻayib reabilitatsiyaga kuzatildi.

Qoraqalpogʻistonda sogʻayganlarning erkak boʻlib, yoshi kattasi 36 yoshda, yoshi kichigi esa 23 yoshda.

Endilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuzalganlar 122 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 9 nafarni tashkil etmoqda.

Samarqandda tuzalganlarning 8 nafari erkak, 9 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi esa 2020-yilda tugʻilgan chaqaloq.

Samarqandda sogʻayganlar 247 nafar, davolanayotganlar 90 nafar tashkil etmoqda.

Toshkent shahrida ham 21 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 2 600 nafardan oshdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 nafar, 3-sonli tugʻruq majmuasidan 2 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 1 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi esa 20 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda.

3-sonli tugʻruq majmuasidan tuzalgan 2 nafar bemor esa 27 va 24 yoshli ayollardir.

Toshkent shahrida endilikda sogʻaygan bemorlar soni 940 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 362 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun hozirga qadar 42 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab jami sogʻayganlar 2 607 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech