15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,8 °C

Sport
18 Dekabr  2018 1813

Ayollar voleyboli: chempionlik uchun kurash boshlandi

Voleybol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasidagi mamlakat chempionatiga start berildi. Uning birinchi turi Urganchda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga universitet (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti) maqomi berilgach, ushbu OTMning ayollar voleybol jamoasi nomi ham o‘zgardi. Unga Jismoniy tarbiya universiteti sport klubi (JTUSK) nomi berildi. Ammo bu yangi nomlanish sportchi qizlar maqomiga ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Jamoa shonli an’analarni davom ettirmoqda va mamlakat chempionligi uchun kurashga astoydil bel bog‘lagan.

Jamoa qatorasiga 23 yildan beri chempion bo‘lmoqda va bu davr ichida voleybolchi qizlarning bir necha avlodi kelib-ketdi. Bu safar ham sportchi talaba-qizlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, yetakchiga aylanishdi. Qizlar ikkinchi va uchinchi o‘rinda borayotgan NDPI (Nukus) va «Yangiqo‘rg‘on» (Namangan) jamoalarini ortda qoldirmoqda.

JDPI (Jizzax) va «Xorazm» jamoalari olti balldan to‘plashgan.  Jizzaxlik qizlar uchun to‘rtinchi o‘rin omad hisoblansa, musobaqa mezbonlari uchun bu qoniqarli natija emas. O‘tgan yillarda urganchlik voleybolchi qizlar yetakchilar qatorida borgan. Turnir autsayderlari safidan esa «Guliston VK» va «Buxoro» jamoalari o‘rin olgan.

Timur Nizayev.
«Pravda Vostoka» sharhlovchisi.

O‘zA surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech