06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Mamlakatimizda
8 Aprel  2020 1434

Internet tezligi oshldi

«Ookla» kompaniyasi Speedtest.net servisining Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha 2020-yil mart oyi natijalarini chop etdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston belgilangan Internet tezligi natijalari bo‘yicha 7ta pozitsiyaga ko‘tarilib, keskin o‘sishni namoyish etdi.

Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida yana 36 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi.

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 baravar o‘sdi – 11,62 Mbit/ dan (2019 yil mart holatiga) 26,92 Mbit/ gacha (2020 yil mart holatiga).

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston ijobiy natijalarni ko‘rsatdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 2020-yil fevral holatiga ko‘ra bitta pozitsiyaga ko‘tarilib, 133-o‘rinni egalladi, deb xabar beradi Axborot texnolgogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun: Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech