13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Mamlakatimizda
15 Iyul  2020 688

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining birinchi raisi olamdan oʻtdi

Anvar Kurbanovich qoʻmitaga Oʻzbekiston turizm sohasida islohotlar boshlangan paytda rahbarlik qilgan edi.

A. K. Sharapov oʻz xizmat faoliyati davomida qator davlat idoralarida mehnat qilgan. Uzoq yillar mobaynida huquqni muhofaza qilish organlarida (1993-2014-yillar), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida (2014-2016-yillar), xususan Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Anvar Kurbanovich Sharapov 2016-yil 14-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan va bir yil davomida ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. Anvar Kurbanovich Oʻzbekiston turizm sohasiga islohotlar boshlangan davrda rahbarlik qilgan.

Uning Qoʻmitadagi faoliyati davomida turizmni rivojlantirishga doir 20 ga yaqin normativ hujjatlar qabul qilingan. Xususan, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tarkibi toʻliq shakllantirilgan, viloyatlarda hududiy departament va boshqarmalar ochilgan, davlat unitar korxonalari tashkil qilingan.

Anvar Kurbanovich hamkasblari orasida fidoyi mehnati bilan bir qatorda oʻzining insoniy fazilatlari bilan ham yodda qolgan: oqkoʻngil, samimiy hamda shogirdlariga doim yordamga shay inson boʻlgan. Shu bilan birga, Sharapov turizm sohasi tadbirkorlariga doim oʻz maslahatlarini berib kelgan, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan.

Anvar Sharapov fidokorona mehnatlari uchun “Doʻstlik” ordeni va “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

A.K.Sharapov bir umrga hamkasblarning xotirasida mehribon ota hamda xalq dardi bilan yashovchi jonkuyar rahbar sifatida qoladi, deb yozadi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi jamoasi.

Alloh oxiratlarini obod qilsin!

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech