17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Moliya
8 Yanvar  2019 1514

Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankka e’tirozingiz bormi?

Tijorat banklari bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, banklar tomonidan shartnomalarga ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini, shuningdek, bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar kiritilganligi holatlari aniqlanib, bu bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzilishi deb hisoblanadi, deya xabar tarqatdi Markaziy bank o‘z telegram kanalida.

Qayd etilishicha, bunday holatlarni bartaraf etish va takrorlanmasligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan barcha tijorat banklariga tegishli ko‘rsatma berilgan.

Kredit yoki depozit shartnomangizda kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarni, shuningdek, bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar mavjud bo‘lsa, ushbu shartlarni bekor qilish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat etishingiz mumkin.

Bundan tashqari, shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bankka murojaat etganingizda muammolar yuzaga kelsa, u holda Siz Markaziy bankining Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yozma ravishda yoki (71) 200-00-44 raqamli ko‘p kanalli yagona «Ishonch telefoni» orqali murojaat etishingiz mumkin.

Fоtо: parvona.com

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech