29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Ijtimoiy hayot
7 May  2020 456

Sirdaryoliklar muammolari Prezident Administratsiyasi nazoratida

Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sababli davlatimiz rahbarining shaxsiy topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligida Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari hamda respublikamizning barcha hududlaridan Xalq qabulxonalari vakillari talofat ko‘rgan qishloqlarga zudlik bilan yetib bordi.

Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida suv toshqinidan zarar ko‘rgan 24 ta mahallada vaziyatni o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida Sardoba shaharchasida Prezident Administratsiyasi vakillari rahbarligida tezkor Shtab tashkil etildi.

Ushbu Shtab qoshida yo‘nalishlar bo‘yicha 12 ta ishchi guruhlari tuzilib, uning tarkibiga Prezident Xalq qabulxonalari, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xizmatlari markazlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, yermulkkadastr xodimlari kiritildi.

Tezkor Shtab tomonidan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zurur chora-tadbirlar belgilandi va unining ijrosini ta'minlash ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi.

Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlari ofatdan zarar ko‘rgan har bir xonadonga borib, oilalarning turar-joylari va molk-mulklariga yetkazilgan zararlar aniqmoqda. Uyma-uy yurish orqali har bir oilaning turar-joylari, qo‘shimcha binolari (oshxona, omborxona, molxona, hammom, tandirxona, garaj va boshqalar), maishiy buyumlari, transport vositalari, qoramollari, otlari, qo‘y-echkilari, parrandalari, bog‘lari, isiqxonalariga yetkazilgan zararlar hamda yo‘qolgan hujjatlari aniqlayapti.

Prezident Administratsiyasi xodimlari ofatdan zarar ko‘rganlarning har qanday muammosini hal etish, jabrlangan fuqarolarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning joyida hal etilishini taֹ’minlayapti.

Xususan, joriy yil 7-may holatiga ishchi guruhlari tomonidan Sardoba tumanining «Qo‘rg‘ontepa», Oqoltin tumanining «Ahillik» va «Sahovat» mahallalardagi 1 300 dan ortiq xonadonlar holati o‘rganilib, dastlabki kunlardayoq 1 000 ga yaqin oila kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan idish-tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, gigienik vositalar hamda issiq kiyim-kechaklar bilan ta'minlandi. 

Shu bilan bir qatorda hududlarda tozalash, ta'mirlash va qurilish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda joylarda chiqindilarni olib chiqish, yo‘llarni ta’mirlash, aholini suv, elektroenergiya va gaz bilan ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yilyapti. Bu ishlarga jami 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3,5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgan. Ishlar davom etyapti.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech