06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

investitsiyalar
22 Mart  2020 579

Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi

2020-yil 19-martda Hukumatning 173-sonli «Sirdaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan savdo-logistika terminalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, savdo-logistika terminalini qurish uchun «Sirdaryo savdo logistika markazi» unitar korxonasiga Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi «Farovon» MFY hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida:

- 2020-2024-yillarda – 25 million dollar miqdorida investitsiya kiritiladi;

- kamida 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, «O‘zstandart» agentligi va «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi bo‘limlari terminal hududida bepul joylashtiriladi.

Savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidimologiya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatiladi.

Shuningdek, savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan xalqaro logistika xizmatlari ko‘rsatiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech