15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,6 °C

Xavfsizlik
31 Yanvar  2019 1455

Sirdaryoda 230 million so‘mni o‘zlashtirgan fermerga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari T.O.ning byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, fermer xo‘jalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadga yo‘naltirmasdan, 230 million so‘mni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech