17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Agrosеktor
20 Iyun  2019 403

Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi

Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (511-son, 2019 yil 18 iyun). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga ko‘ra:

- Sirdaryo viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tarkibida sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash siklini yaratishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil etiladi;

- klasterni yaratish uchun “RS Success Agro” MChJ tashkil etiladi.

Klasterning asosiy vazifalari ilg‘or ilmiy yutuqlarni, sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va boshqa qishloq ho‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali usullarini, ilg‘or agrotexnik va suv tejamkor texnologiyalarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda texnik kanop hamda zig‘ir tolasi va urug‘ini qayta ishlashning samarali usullarini va ularni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishdan iborat.

Shuningdek, qaror bilan “Industrial Innovation Group LLC” (Birlashgan Arab amirliklari) va “RS Success Agro” MChJ tomonidan 2019-2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech