25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Mamlakatimizda
31 Dekabr  2018 833

Sirdaryodan Orolbo‘yi aholisiga bayram sovg‘asi yuborildi

Orolbo‘yi hududida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizga Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Yangi yil bayrami tuhfasi tayyorlandi, deya xabar tarqatdi O‘zA.

Xabarda aytilishicha, qishloq xo‘jaligi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari ortilgan   10 ta “ISUZU” rusumli  yuk  mashinasi Sirdaryo – Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lgachiqdi. Shu munosabat bilan viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, keng  jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq muammoni yumshatish, unga dunyo ham jamiyati va turli xalqaro tashkilotlar  e’tiborini qaratish borasida qilinayotgan ishlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

So‘zga chiqqanlar Orol dengizi bir paytlar betakror tabiati, baliq va baliq mahsulotlari bilan mashhur bo‘lganini esga olib o‘tdi. Prezidentimiz tomonidan hududdagi ekologik vaziyatni imkonqadar o‘nglash uchun olib borilayotgan ezgu ishlar qisqa vaqtlarda  samara berishiga ishonch bildirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech