02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Xavfsizlik
21 Yanvar  2020 1637

Sirdaryoda fuqaro YPX inspektorlariga tan jarohati yetkazdi

2020-yil 20-yanvar kuni soat 21:30larda, Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahar hududi bo‘ylab yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan Sirdaryo tumani IIB YHXB YPXG katta inspektorlari, E. Parmanov, S.Fayziev hamda tuman IIB 2-son mahalla IIB YPX xodimi F.Alimbaevlar Sirdaryo shahar O‘zbekiston shoh ko‘chasida “Neksiya” rusumli avtomobilini to‘tatishga uringanlar. Lekin haydovchi, keyin ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan J.H., o‘zi boshqarib borayotgan avtomashinani to‘xtatmagan.

Shundan so‘ng xodimlar to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan transport vositasini Sirdaryo shahar Yangi Hayot mahallasidagi “Mega lyuks” korxonasi yonida to‘xtatib, tekshirib ko‘rganlarida avtomobil Yangi Mirishkor qishlog‘ida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan B.U.ga tegishli, fuqaro J.H. esa uni hujjatlarsiz boshqarib borayotgani ma’lum bo‘lgan.

Haydovchi J.H. boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligini ma'lum qilib turgan paytda, “Neksiya” avtomobili yo‘lovchisi, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan J.P. yo‘lovchi o‘rindig‘i tomonidan tushib kelib, tizzasi bilan, YPX inspektori E.Parmonovning qorin qismiga tepib, ko‘krak nishonini yulib olgan.

Shuningdek, YPX inspektori serjant S.Fayziev fuqaro J.P.ni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtida, faol qarshilik ko‘rsatib, uning ham ko‘krak nishonini yulib olib, barmog‘ini qayirib sindirgan. YPX inspektorlari fuqarolar J.P. va J.H.ning shaxsiga aniqlik kiritish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida Sirdaryo tumani IIBga olib kelganida, fuqaro J.P. huquqbuzarligini yana davom ettirib, safdor F.Alimboevning yuz qismiga bir marotaba kallasi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Alkotester ko‘rigi esa fuqaro J.P. ning “alkogol mastlik” holatida ekanini aniqlagan.

Hozirda xodimlar bodikameralari xotiralari tekshirilib, Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech