26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Xavfsizlik
4 Aprel  2020 743

Sinovli kundagi o‘g‘irlik

Hozirgi epidemiologik holat sharoitida jinoyat sodir etishni qanday baholash mumkin. 

Joriy yil 1-aprelida poytaxtning Yakkasaroy tumani IIO FMBga 76 yoshli S. Kasam murojaat qildi. Uning aytishicha, 20-martdan 1-aprelga qadar bo‘lgan davr ichida noma’lum shaxslar uning korxonasi ofisiga kirib, ichida 4 100 dollar va 45 million so‘m bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan. Korxona vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatganligi bois o‘g‘irlik vaqtida qorovullar bo‘lmagan.

Voqyea joyiga yetib kelgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidn o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida aniqlanishicha, 21-mart, taxminan soat 04.50 da korxona hududiga ikki nafar noma'lum shaxs kirib, 25 daqiqa ichida yuk bilan chiqib ketishgan. Ushbu fakt asosida Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 3 qismi «v» bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tezkor-tergov tadbirlar natijasida noma’lum kimsalarning avtomobili rusumi va ularning shaxslari aniqlandi. Gumonlanuvchilar — ulardan biri 21 yoshli K. Oybek va muqaddam sudlangan M.Eldarlar qo‘lga olindilar. Ularning uylari yerto‘lasidan topilgan seyf ashyoviy dalil sifatida olindi. Tergov davom etmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech