03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Agrosеktor
28 Iyun  2020 325

Sinov sifatni kafolatlaydi

Qishloq xoʻjaligi texnikalari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi.

2020-yil 27-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4760-sonli “Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

- import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi;

- ushbu texnika, agregat, butlovchi qismlar takomillashtirilganda hamda ularga qoʻshimcha funksiyalarni bajarish yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etiladi;

- Oʻzbekiston hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetishtirishda foydalanishga ruxsat etiladi;

- qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarining agregatlari va butlovchi qismlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

2023-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan sinov uskunalari va oʻlchash vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi.

Qaror bilan Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech