01 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,7 °C

Madaniyat
9 Noyabr  2018 2829

Do‘stlik simfoniyasi

Mamlakatimizda olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy faoliyatga nazar tashlansa, muntazam oldinga intilishni, xalqaro hamkorliklar yo‘lga qo‘yilayotganini, milliy merosga hurmat va hamisha yangilikka intilishni kuzatish mumkin. Poytaxtimizda o‘tkazilgan V Xalqaro simfonik musiqa festivali buning yaqqol misolidir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy faoliyatga nazar tashlansa, muntazam oldinga intilishni, xalqaro hamkorliklar yo‘lga qo‘yilayotganini, milliy merosga hurmat va hamisha yangilikka intilishni kuzatish mumkin. Poytaxtimizda o‘tkazilgan V Xalqaro simfonik musiqa festivali buning yaqqol misolidir.

Bir necha o‘n yillar mobaynida, ya’ni 1998-yildan, unda xorijlik san’at arboblari – kompozitor, dirijyor va musiqashunoslar ham ishtirok etmoqda. Ishtirokchi mamlakatlar geografiyasi yil sayin kengayib, simfoniya va yakkalikda (kamer) ijro etilayotgan asarlar palitrasi ham boyib boryapti.

Mazkur tadbirni Madaniyat vazirligi, Davlat konservatoriyasi, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi ko‘magida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tashkil etgan. Musiqa bayrami yana o‘z ko‘lami va miqyosi bilan barchani lol qoldiradi. Bu safargi festivalga Rossiya, Qozog‘iston, Chexiya, Ispaniya, Avstraliya va boshqa jami o‘nta davlatdan yetakchi kompozitorlar va soha arboblari taklif etildi.

- Bu yilgi dastur katta va qiziqarli bo‘ldi, - deydi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullaev. – Uchta simfonik, ikkita yakkalik konsertlari bo‘lib o‘tdi, «Sogdiana» va «Omnibus» xalq cholg‘u orkestrlari bittadan chiqish qildi. Shuningdek, festival doirasida Rossiya, Vetnam, Avstraliya hamda Tojikiston kompozitorlari assotsiatsiya va uyushmalari raislari bilan hamkorlikda konsert, festival, tanlov, simpozium va anjumanlar o‘tkazish borasidagi memorandumlar imzolandi. Jamoalarimiz xorijliklar bilan ishlashga tayyor va boshqa davlatlardan o‘zlariga bo‘lgan qiziqshdan faqat xursand bo‘ladilar.

Yuqorida keltirilganlaridan tashqari xorijlik kompozitorlardan Do Xong Kuan (Vetnam), Rashid Kalimullin (Rossiya), Andrian Petut (Avstraliya), musiqashunos Xurshed Nizomov (Tojikiston) mahorat darslari va uchrashuvlar o‘tkazdilar.

- Toshkentga bundan o‘n yil muqaddam kelgandim, ana shu davr ichida poytaxtingiz butunlay o‘zgarib ketibdi, - deydi Tatariston Respublikasi kompozitorlari uyushmasi raisi, Rossiya va Tatariston xalq artisti Rashid Kalimullin. – Shahar yanada chiroy ochibdi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi binosini tanib bo‘lmaydi. Mamlakatingizda madaniyat va uning arboblarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan ham ko‘rinib turibdi. Ijod insonlarni nafaqat bitta davlat, balki butun dunyo miqyosida birlashtiradi.

Festivalda respublikamizning yetakchi dirijyorlari, yakkaxon ijrochilari va jamoalari ham ishtirok etdi. Konsertlar va tadbirlar Davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi zallarida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan Samarqandagi maxsus Bolalar musiqa va san’at maktabida ijodiy uchrashuv ham tashkillashtirildi.

Karina Alieva.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech