18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Ijtimoiy hayot
26 Mart  2019 1101

Sifatsiz televizor yangisiga almashtirildi

Iste'molchi xarid qilishdan avval mahsulotning sifat sertifikati, tarkibi, xususiyatlari to‘g‘risida so‘rashi, qolaversa, yorliqdagi ma’lumotlarni ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, saqlanish holati bilan qiziqishi, xarid qilgach esa kassa tovar chekini so‘rab olishni unutmasligi lozim. Shundagina doimo iste'molchi haq bo‘lib chiqadi.

 

Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro Imomov Sherzod tomonidan Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi kelib tushgan. Gap shundaki, ushbu fuqaro Zarafshon shahridagi Markaziy buyum bozoridan 3 500 000 so‘mga, 3 yil kafolat muddati bilan televizor sotib olgan.

Afsuski yaxshi niyatlar bilan xarid qilingan televizorning kafolat muddati tugamasdan turib nuqsoni paydo bo‘ladi. Iste'molchi nima qilarini bilmay, borib sotuvchiga murojaat qiladi. Sotuvchi servisga murojaat qilishini aytadi, xaridor yana sarson bo‘lib servisiga boradi, servis xizmat pullik ekanini bildirganida esa hafsalasi pir bo‘lib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.

Jamiyat mutaxassislari arizani qabul qilib, kuzatuv-o‘rganish ishlarini olib borishadi va sotuvchi hamda servis xizmatidan tushuntirish xatlari olinadi. Iste’molchining arizasi qanoatlantrilib, sifatsiz televizor yangisiga almashtirilib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech